Termiz shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari o’tkazilmoqda
Termiz shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari o’tkazilmoqda
Bugun 21-fevral kuni Termiz shahar prokurori tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi MFYlarda yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning mini voleybol turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada 3-o‘rin Navro‘z mahallasi, 2-o‘rin Baynalminal mahallasi yoshlariga nasib qilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Turon mahallasi yoshlari qo‘lga kiritib, mutloq g‘olib bo‘ldi.
Yakunda musobaqa g‘oliblariga shahar prokurorining maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari berildi.