Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!

Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Yurtimiz boʼylab, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan turli aktsiya va targʼibot tadbirlari boʼlib oʼtmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʼoya asosida “Xotira abadiy - qadr mangu” shiori ostida Termiz shahar hokimligi tomonidan shahar Madaniyat boʼlimi jamoasi ishtirokida Termiz shahridagi yirik savdo majmualari, bozorlar va aholi gavjum joylarda, ochiq maydonlarda gʼalabaning 76 yilligiga bagʼishlangan kontsert dasturi namoyish etilmoqda. Oʼtkazilgan kontsert dasturi davomida ikkinchi jahon urushida va Аfgʼoniston urushida halok boʼlganlarni xotirlab, oʼtganlarning ruhini yod etib, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolari holidan xabar olinmoqda. Termiz shahar madaniyat markazi qoshidagi badiiy jamoalarning, taniqli sanʼatkorlarning kontsert dasturlari tashrif buyurganlarga bayramona kayfiyat ulashib, yangragan kuy-qoʼshiqlarga raqslarga tushishdi.