NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

Bugun, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev boshchiligida, Termiz shahar Xalq qabulxonasi mudiri O.Saodatov hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda “Bog‘zor” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda 50 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida, Temir daftarda ro‘yhatda turuvchi 4-nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam berilishi, tegishli tartib asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar yoshlarning oliy o‘quv yurtiga tahsil olishlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismini to‘lab berilishida hamda bir nafar yosh ijodkorning kitobi chop etilishida amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 3-nafar fuqaroning uy-joyini kadastr xujjatlari bilan bog‘liq masalasi ijobiy hal etilishi belgilandi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosini o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha shahar hokimi tomonidan mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.