BIZNING_FАXRIMIZ
BIZNING_FАXRIMIZ
17 yoshida "Turkish Open"da kumush medalini qoʼlga kiritgan Najmiddin Qosimxojiev bilan suhbat
"Turkish Open" xalqaro musobaqasida ishtirok etib, kumush medaliga ega chiqqan Termiz shahar 13-umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchisi 17 yoshli Najmiddin Qosimxojiev Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga intervьyu berdi.
"2004 yil 28 avgust kuni tugʼilganman, taekvondo sport turiga yoshligimdan qiziqqanman, birinchi murabbiyim Sobir Nazaraliev qoʼl ostida shugʼullanib, katta boʼldim.
"Turkish Open" musobaqasi men uchun kattalar oʼrtasidagi ilk xalqaro musobaqa boʼldi. Menga ishonch bildirgan terma jamoa murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. Mana shu musobaqada sovrindor boʼlganimdan juda xursandman. Turnir davomida jami 6ta jang qildim, oxirgi uchta bahsni koreyaliklarga qarshi oʼtkazdim. Barchasining yoshi mendan katta edi. Finalda menga ozgina tajriba yetishmadi deb oʼylayman, xudo xohlasa keyingi musobaqalarda albatta kumush medalimni oltinga oʼzgartiraman!", - deydi Najmiddin Qosimxojiev.