“Chegara” mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi o‘tkazildi
“Chegara” mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun, "Chegara" mahalla fuqarolar yig‘inida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev rahbarligida, Termiz shahar halq qabulxonasi mudiri va sektor rahbarlari tomonidan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 40 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan muammo va takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuvda tegishli tartib asosida talabalarning oliy o‘quv yurtiga taxsil olishlari uchun bir yillik shartnoma pulining 50 foizini to‘lab berilishi belgilandi.
Yoshlar daftarida ro‘yhatda turuvchi tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga tikuv mashinka olib berish va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Ish so‘rab murojaat qilgan yoshlarga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi orqali o‘rnatilgan tartib asosida xujjatlarini topshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlarni ijobiy hal etish uchun chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.