NAVBATDAGI SAYYOR QABUL “CHEGARA” MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL “CHEGARA” MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Termiz shahrida "Obod mahalla"dasturi doirasida "Chegara" mahallasida ishlar jaddalik bilan olib borilmoqda.
Bugun, ushbu mahallada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari B.Parpiyev hamda Termiz shahar hokimi I.Xudayberdievlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari birgalikda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda aholini qiynayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Aksariyat murojaatlar ko`chalarni asfalt qilish, elektr ustunlarini yangisiga almashtirish, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu masalalar "Obod mahalla" dasturi doirasida belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga qat'iy topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.