TERMIZDА PROKUROR TАDBIRKORLАR BILАN UCHRАSHDI
TERMIZDА PROKUROR TАDBIRKORLАR BILАN UCHRАSHDI
Bugun Termiz shahrida joylashgan matbuot uyida Surxondaryo viloyati prokurorining oʼrinbosari Xolmatjon Qulliev viloyatdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlarning muammolari oʼrganilib, ularga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida qator mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar belgilab berildi.
Tadbirkorlar tomonidan murojatlarning aksariyati banklar tomonidan ajratiladigan kredit mablagʼlari bilan bogʼliq boʼlib, shu yerning oʼzida muammolar ijobiy hal etildi.
Uchrashuvdan soʼng , viloyat prokurori oʼrinbosari, Termiz shahar hokimi, Termiz shahar prokurori hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar tomonidan yangidan barpo etilayotgan korxona va fabrikalar ish jarayoni, ularning ayni vaziyatdagi muammolari joyiga chiqqan holda oʼrganilib, yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.