Surxondaryoda Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi koʼtarinkilik bilan nishonlanmoqda

Surxondaryoda Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi koʼtarinkilik bilan nishonlanmoqda
Bugun Termiz shahridagi Аlisher Navoiy haykali boʼy koʼrsatib turgan maydon erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʼqituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va oʼquvchilar bilan gavjum boʼldi.
Bu yerda buyuk mutafakkir tavalludining 581 yilligi munosabati bilan tadbir oʼtkazildi. Unda Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi. Gʼazal va ruboiylaridan namunalar oʼqildi.
Tadbir ishtirokchilari Аlisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʼydi.
Sanaga bagʼishlangan tadbir muhtasham Sanʼat saroyida kontsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi. Shoirlar va talaba-yoshlar Аlisher Navoiy gʼazallaridan namunalar oʼqidi. Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari “Аlisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etdi. Buyuk shoir gʼazallari asosida yaratilgan kuy-qoʼshiqlar kuylandi.