TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarni muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Bugun, Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdiyev boshchiligida sektor rahbarlari bilan birgalikda o‘tkazilgan jinoyatchilik muhokamasi ham ayni maqsadlarga qaratilgan.
Mahalla fuqarolari va mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan uchrashuvda joriy yil boshidan hozirgacha sodir etilgan yo‘l-transport xodisalari bilan bog‘liq va boshqa jinoyatlar ham muhokama etildi.
Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.
Hozirda ko‘p uchrayotgan yo‘l transport xodisasi bilan bog‘liq jinoyatning kelib chiqish sabablari va omillari tahlil etilar ekan, eng avvalo ayrim fuqarolarning yo‘llarda belgilangan harakatlanish qonun-qoidalarga beparvolik bilan qarayotganliklari oqibatida jinoyat jabrlanuvchisi bo‘lishiga sabab ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib olindi. Shuningdek, mutasaddi rahbarlarga barcha turdagi jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shahrimizda bu kabi tadbirlar davom etadi.