MATBUOT ANJUMANI

MATBUOT ANJUMANI
Termiz shahrida umumtaʼlim maktablarining yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik holati mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Termiz shahrida umumtaʼlim maktablarining yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik holati mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Bugun 26 avgust kuni Termiz shahri hokimligi binosida shahar hokimining oʼrinbosarlari sector rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “ Termiz shahrida umumtaʼlim maktablarining yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik holati xususida” matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Аnjumanda shahar hokimining oʼrinbosari K.Ashurov shaharda 26 ta umumtaʼlim maktab va 2 ta IMI faoliyat yuritayotgani, hozirgi vaqtda barcha taʼlim muassasalari yangi oʼquv yiliga shay holatda ekanligini aytib oʼtdi. Matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik holati boʼyicha berilgan savollarning barchasiga mutasaddilar tomonidan yetarlicha javoblar berildi.