RASMIY_MUNOSABAT

RASMIY_MUNOSABAT

Termiz shahar hokimligi “Surxon ovozi” gazetasining 2022 yil 17-fevral sonida chiqqan “Elamanov to‘nini teskari kiydi” nomli (subsidiya asosida uy-joy olish bo‘yicha e’tiroz) maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu murojaat mutassadilar tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz shahriga 2021 yilda uy-joy sotib olish uchun 1000 ta subsidiyalar ajratish belgilangan. Viloyatning qolgan tumanlarida ham fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib, Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 18-noyabrdagi 195-8-0-Q/21 qarori bilan Termiz shahrida uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan subsidiyalar soni 900 ta etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, 2021-yil davomida ushbu ajratilgan limitlar to‘liq o‘zlashtirilgan, biroq belgilangan limitdan ortiqcha 523 nafar fuqarolar ham uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi orqali xujjatlar topshirgan. Ushbu fuqarolarning barchasiga belgilangan limitlar yetmaganligi va agarda 2021-yilda qo‘shimcha limitlar berilgan taqdirda ularning xujjatlari ko‘rib chiqilishi, aks holda 2022 yil uchun ajratiladigan limitlar doirasida qayta xujjat topshirishlari to‘g‘risida batafsil huquqiy tushunchalar berilgan. Tabiiyki, ushbu holatga ayrim fuqarolar tomonidan e’tirozlar bildirilgan.
Ma’lumot o‘rnida 2022 yilda Termiz shahri uchun uy-joy sotib olish bo‘yicha yangidan 650 ta limitlar ajratildi va o‘z navbatida fuqarolardan xujjatlar qabul qilish ishlari ham boshlandi. Ayni vaqtda shahar komissiyasi tomonidan xujjatlarni ko‘rib chiqish va tegishli xulosalar berish ishlari davom etayotganligini ma’lum qilamiz.