Press_tur

Press_tur
BUGUNGI KUN ISLOHOTLARI
Termiz shahrida jurnalist va blogerlar ishtirokida chiqarish korxonalariga press-tur tashkil etildi.
Press-turda oav vakillari “Silk Road Text” kompleksida joylashgan “Dream Silk Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tayyor kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, “Afgan Bazar Carpet Asia” qo‘shma korxonasida afg‘onistonliklar hamkorligida jun, “Tehron-Surxon carpet” korxonasida ipak gilam to‘qish loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi. Ichki va tashqi bozorga mo‘ljallangan raqobatdosh tayyor mahsulotlarning xom ashyo ta’minoti, ishlab chiqarish quvvatlari, sifati va yaratilgan ish o‘rinlari bilan qiziqdi.