TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining 43–sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, aloqador korxona va tashkilotlar, sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Saodatov Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi PF-5633-sonli farmoni ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha axboroti tinglandi.
Shuningdek, Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D.Jumayev, Termiz tumanlararo ma’muriy sudi raisi A.Abdulakimov, Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi raisi I.Shaymanov va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi raisi J.Nafasovlarning maruzasi eshitildi.
Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan 7 ta masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.