OCHIQ-BYUDJET AXBOROT PORTALI
OCHIQ-BYUDJET AXBOROT PORTALI
Bugun, Termiz shahar hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Saydulla Berdishukurovich Abduraimov, viloyat Moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Choriyev Ulugʻbek Shavkatovich hamda shahardagi mutassaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Ochiq Byudjet” portalining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son Qarori va “Ochiq Budjet” portalining mazmun-mohiyati hamda aholi tomonidan bildiriladigan takliflar va tavsiyalar berildi.
Shuningdek seminar davomida byudjet xarajatlarini tartibga solish boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun shaharlar va shaharlar byudjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
- fuqarolarning murojaatlarini, shu jumladan byudjet qonunchiligining buzilishi faktlarini xabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish imkoniyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida to‘liq tushunchalar berib o‘tildi.