Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Joriy yilning 19 yanvarь kuni ijtimoiy tarmoq orqali Surxondaryo viloyati Termiz shahri "Pattakesar" mahallasi yoʼllari taʼmirga muhtojligi va yoʼllarda oʼnqir-choʼnqirlar koʼpayib ketganligi tufayli mahalla fuqarolari bu yoʼllardan qatnashda qiynalayotganidan arz qilingan va ushbu yoʼllarni taʼmirlab berishni soʼrab murojaat qilgan.
Ushbu murojaat yuzasidan mutassadilar tomonidan Termiz shahridagi "Pattakesar" mahallasining "А.Navoiy", "Chegarachi", "Tinchlik" va "Maxtumquli" nomidagi ichki koʼchalariga shagʼal tosh (GPS) toʼshamasi yotqizish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.