Hokim yordamchilari xatlov jarayonida
Hokim yordamchilari xatlov jarayonida
Termiz shahrida hokim yordamchilari o‘z ish faoliyatini keng qamrovda davom ettirmoqda.
Hokim yordamchilari tomonidan shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida xatlov o'tkazilmoqda. Ushbu jarayonda boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor, ishsiz fuqarolar bilan suhbat olib borilib, ularga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish va boshqa yordam turlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda tegishli chora tadbirlar belgilanmoqda. Termiz shahrida xatlov ishlari davom etmoqda.