Vatan himoyachilari kuni Termiz shahrida ham o‘zgacha ruhda qarshi olindi.
Vatan himoyachilari kuni Termiz shahrida ham o‘zgacha ruhda qarshi olindi.
Erta tongdan shahar markazidagi Motamsaro ona haykali maydonida turli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, harbiy qismlar askar va zobitlari, faollar bilan gavjumlashdi. Tantanali marosimda musiqa sadolari ostida vatanparvarlik, mardlik, botirlik tarannum etildi.
Motamsaro Ona haykali poyiga Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev boshchiligidagi shahar hokimligi, korxona, tashkilot, muassasalar jamoasi ham gulchambar qo‘yib, vatanimiz uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdi.