SAYYOR QABUL: BUGUNGI KUN MUAMMOLARINING IJOBIY YECHIMI

SAYYOR QABUL: BUGUNGI KUN MUAMMOLARINING IJOBIY YECHIMI
Kecha, 12-yanvar kuni Termiz shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 30 ga yaqin fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘ligini tiklash, kommunal sohalar va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, bajarilishi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.