XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON
Bugun, Termiz shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan bir guruh harbiylarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi, 31405, 11506 va 9221-sonli harbiy qismlardan vakillar ishtirok etishdi.
Taqdirlash marosimida shahar hokimining tabrigi o‘qib eshittirilib, yurt tinchligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga tashakkurnoma va qimmatbaho estalik sovg‘alar topshirildi.
Shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan vatani madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Shahrimizda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.