Prezident qarori amalda: Kam ta’minlangan oilalarga pul mablag‘lari tarqatilmoqda
Prezident qarori amalda: Kam ta’minlangan oilalarga pul mablag‘lari tarqatilmoqda
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish, ushbu toifa vakillarining Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda va munosib nishonlashini ta’minlash maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 21 dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga belgilangan pul mablag‘lari tarqatildi.
Sektor rahbarlari hamda shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida shahardagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.