Yangi yil arafasida Surxondaryoda 43 ming 49 oila moddiy yordam oladi
Yangi yil arafasida Surxondaryoda 43 ming 49 oila moddiy yordam oladi
Prezident qaroriga koʼra, shu yilning dekabrь oyida “Temir daftar” roʼyxatida boʼlgan, shuningdek, 18 yoshga toʼlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming soʼm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʼrsatiladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʼra, viloyatda “Temir daftar” roʼyxatida boʼlgan 17 203 ta oilaga ushbu bir martalik moddiy yordam mablagʼlarini ajratish koʼzda tutilgan.
Shuningdek, viloyatda 18 yoshga toʼlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalar 25 846 tani tashkil etadi.
Yangi yil bayrami arafasida viloyatdagi 721 ta mahalla fuqarolar yigʼinida 43 049 oilaga jami 34,4 mlrd. soʼm miqdorida moddiy yordam beriladi.