HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN MASHGʻULOTLAR DAVOM ETMOQDA
HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN MASHGʻULOTLAR DAVOM ETMOQDA
Bugun, Surxondaryo viloyati va Termiz shahar kengash deputatlari Termiz shahar bo‘yicha tayinlangan hokim yordamchilarining o‘quv jarayonlari bilan tanishib suhbat o‘tkazishdilar.
O‘tkazilgan suhbat davomida deputatlar hokim yordamchilariga mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ko‘tarishda qaysi jabhalarga e’tibor qaratish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini berishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi vakili Termiz shahar bo‘yicha mahalllardagi hokim yordamchilarining o‘quv seminar jarayonlari va sharoitlari bilan tanishib, o‘tkazilayotgan darsliklar bo‘yicha tavsiyalar berishdi.