"Inson qadri uchun....."
"Inson qadri uchun....."
Ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali kambagʻallikni qisqartirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish barcha mas'ul xodimlar faoliyatining asosiy vazifalariga aylangan. Termiz shahar aholisi tomonidan tushgan murojaatlarni o'rganib ijtimoiy ximoyaga muxtoj, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan oilalar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondining boshqaruv raisi D.Usmonov, Viloyat hokimi o'rinbosari Farrux Toirov, Termiz shahar 1-sektor shtabi binosi qoshida joylashgan "Guliston" MFYda fuqarolar bilan "Sayyor qabul" o'tkazilib fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabulda ehtiyojmand oilalar muammolari tinglanib ularga bayram oldi sovg'a sifatida har biriga bir million so'mdan pul mablag'i, o'zini-o'zi band qilish maqsadida tikuv mashinkasi, 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.