Besh_tashabbus_mahallada

Besh_tashabbus_mahallada
“Oʼzbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Besh tashabbus – mahallada” shiori ostida Termiz shahar hokimi, 1-sektor rahbari sovrini uchun mahalla yoshlari oʼrtasida sport musobaqalari qizgʼin davom etmoqda.

Bugun, 17-dekabrь kuni 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda sportning mini-futbol, voleybol va armresling turlari boʼyicha musobaqalar boʼlib oʼtdi.
Unda mahallalarning har bir koʼchasi boʼyicha uyushmagan yoshlardan shakllantirilgan sport jamoalari faol ishtirok etishmoqda.
Maʼlumot oʼrnida aytish lozimki, har bir mahalladan gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar jamoalari 18-dekabrь kuni 26-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi va “Guliston” MFYdagi sport maydonlarida boʼlib oʼtadigan sport musobaqalarining final bosqichida oʼzaro bellashadilar.