MАTBUOT АNJUMАNI O‘TKАZILDI

Bugun, 9-dekabr kuni Termiz shahrida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlar, OАV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari va shahar xalq ta’limi bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Аnjumanda shahar Xalq ta’limi bo’limi mudiri Oltiboy Sadatov Termiz shahrida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berib o‘tdi. 

Shuningdek, anjumanda jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining savollariga batafsil javob berildi.