“Аmaliy natijadorlik, Inson qadri - "Yangi Oʼzbekiston" strategiyasining bosh maqsadi”
“Аmaliy natijadorlik, Inson qadri - "Yangi Oʼzbekiston" strategiyasining bosh maqsadi”
Bugun, Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining XXXXI-sessiyasida shahar hokimi Isroil Boʼrievich Xudoyberdiev Termiz shahrida 2021 yilda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2022 yilga moʼljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan “Xalqqa murojaat” qildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashi deputatlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari shuningdek, nodavlat tashkilotlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyada shahar hokimi 2021 yilda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2022 yilga moʼljallangan ustuvor vazifalarni belgilab olish, bu borada islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda, aholining yanada faolroq va tashabbuskor boʼlishiga erishish lozimligi ayniqsa, Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, aholimizni rozi qilishimiz, ular uchun farovon hayot va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerakligi bu borada olib borilgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Hisobotda “Obod mahalla” dasturi doirasida hududlarni rivojlantirish, xususan, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obʼektlari qurilishiga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytildi.
Sessiyada hududni 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha belgilab olingan ustuvor vazifalarga ham alohida toʼxtalindi. Xususan, “Mahallabay” ishlash tizimini rivojlantirish hisobidan joylarda aholining oʼzini-oʼzi ish bilan taʼminlash masalalarini rivojlantirish, «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Аyollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida soʼz yuritildi.
Shuningdek, kommunikatsiya, kam taʼminlagan oilalar turmush sharoitini yaxshilash, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, «Har bir oila – tadbirkor» tamoyili asosida ishlab chiqarish va oilaviy biznesni yoʼlga qoʼyish borasidagi rejalar toʼgʼrisida toʼxtalindi.
Sessiya yakunida bugungi kunda aholi hayotini yaxshilash uchun dolzarb boʼlib turgan mahalliy budjet mablagʼlaridan maqsadli va oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini yoʼlga qoʼyish, yangi ish oʼrinlari yaratish masalalari muhokama etildi.