ULUG' XALQ QUDRATI JO'SH URGAN ZAMON

ULUG' XALQ QUDRATI JO'SH URGAN ZAMON
Termiz shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati bo‘yicha Milliy Gvardiya boshqarmasi, Janubiy operatsion qo‘mondonligi faxriy qorovuli va razvedka bo‘linmasi, Surxondaryo viloyati harbiy orkestri va Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.
Shundan so‘ng, Janubiy operatsion qo‘mondonligi faxriy qorovuli va razvedka bo‘linmasi tomonidan harbiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida Prezident maktabi xorijlik ingliz tili fani o‘qituvchisi Mr. Samuel Nyabere O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.
Tadbirda Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi a’zolari ham so‘zga chiqishib, o‘quvchilarni bayram bilan tabrikladilar va ularning kelgusidagi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.