HAR BIR BOLA MEHR - E'TIBORDA
HAR BIR BOLA MEHR - E'TIBORDA
Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Har bir bola mehr va e’tiborda” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga shahardagi barcha umumta’lim maktablaridan yakka tartibda o‘qitilayotgan 1-4-sinf o‘quvchilar jalb qilindi.
Bolalarga quvonch ulashish maqsadida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, badiiy sahna ko‘rinishi va qiziqarli viktorina o‘yinlarini namoyish etdilar.
Tadbir so‘ngida bolajonlarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.