TERMIZ SHAHRIDA ZARGARLIK BUYUMLARI MARKAZI OCHILDI
TERMIZ SHAHRIDA ZARGARLIK BUYUMLARI MARKAZI OCHILDI
Bugun shahrimizda “Fonon” zargarlik zavodining Surxondaryo viloyati dilerlik markazini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marosimda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev ishtirok etdi. Mazkur markaz “Fonon” brendi ostida ishlab chiqarilgan tilla va kumush zargarlik taqinchoqlarini sotish va tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda dilerlik markazida tadbirkor Sh.Umurov tomonidan oltita yangi ishchi o‘rni yaratilgan.
Ma’lumot uchun manzil: Ibn Sino va Amir Temur ko‘chalari kesishmasi 68-uy