Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi!
Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi!
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining 2021 yil 27 apreldagi 2-sonli bayonnomasining tegishli bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida Termiz shahridagi viloyat Statistika boshqarmasi faollari zalida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, uning ona va tug‘iladigan bola salomatligiga nojo‘ya taʼsiri, qizlar tarbiyasi, erta tug‘ruqning oldini olish, oilalardagi ajrimlar sabablari, kiyinish madaniyati, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, odam savdosi va diniy savodxonlik to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbat tahkil etildi.
Termiz shahar Ma'naviayt va ma'rifat bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tasarrufidagi 37ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari qatnashdilar. Ularga mutaxassislar tomonidan tushintirish ishlari olib boriildi.