Surxondaryo sanʼat saroyida 3-dekabr-Xalkaro nogironlar kuni munosabati bilan “Ehson kiyimlari” fondi hamkorligida tadbir boʼlib oʼtdi.
Surxondaryo sanʼat saroyida 3-dekabr-Xalkaro nogironlar kuni munosabati bilan “Ehson kiyimlari” fondi hamkorligida tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda sahovatpesha insonlar koʼmagida tashkil etilgan “Ehson kiyimlari” fondi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatdagi kam taʼminlangan oilalarning 71 nafar farzandlari uchun turli xil qimmatbaho sovgʼalar, zarur kiyim-kechaklar tuhfa etildi.
Tadbirning madaniy qismini yuqori badiiy saviyada oʼtkazish maqsadida viloyat filarmoniyasi, Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, 2-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi ijodiy jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiq va raqslar bolajonlarga bayramona kayfiyat bagʼishladi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan taniqli estrada xonandasi Sanjey ijrosidagi qoʼshiqlar tomoshabinlarga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.