Ochiq muloqot
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 2020-2021yy ta’limda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi I.Xudoyberdiyev, shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablari direktorlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
2020-2021 o‘quv yilida tumanda ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilindi. Savol-javob tarzida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida jamoatchilik vakillarining savollariga mas’ullar tomonidan javob berildi.
Muloqot davomida 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida ham to‘xtatib o‘tildi. Bunda o‘quvchilar sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bola qamrovi yuqori bo‘lgan umumta’lim maktablariga yangidan qurilayotgan filiallar hamda aholi soni ortib borayotgan hududlarda qurilayotgan maktab binolari haqida ham ma’lumotlar berildi.