HUDUDIY TRENERLAR UCHUN SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA

HUDUDIY TRENERLAR UCHUN SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Bugun, 1-dekabr kuni Termiz davlat universitetining Axborot resurs markazi binosida Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari va mahallabay ishlash markazlari (Markaz) xodimlari uchun navbatdagi hududiy seminar-trening o‘tkazildi.
O‘tkazilayotgan seminarda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga qaratilgan e’tibor va yangi joriy etilayotgan hokim yordamchisi lavozimiga zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.
Birinchi bosqich: 18-20 noyabr kunlari hududiy seminar-treninglarni o‘tkazuvchi vazirlik, idora va mas’ul OTMlardan 150 nafar respublika trenerlari uchun maxsus seminarlar Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan.
Ikkinchi bosqich: 22 noyabr - 4 dekabr kunlari vazirliklar va idoralarning viloyat, tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlaridan iborat 2 526 nafar hududiy trenerlarni tayyorlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etilyapdi.
Uchinchi bosqich: 13-25 dekabr kunlari 721 nafar hokim yordamchilari va “Mahallabay” ishlash markazlari xodimlari uchun tuman (shahar)lar kesimida seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.