Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXIV sessiyasi boʼlib oʼtdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXIV sessiyasi boʼlib oʼtdi

 

 

Sessiyada Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi raisi O.K.Iminov, Xalq deputatlari viloyat Kengashiga Termiz shahridan saylangan deputatlari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining oʼrinbosarlari, tashkilot-korxona rahbarlari va OАV vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan shahar hokimining oʼrinbosari K.Аshurovning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida qayd etilgan topshiriqlarni amalga oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha eng ustuvor vazifalarni belgilash, ular ijrosini taʼminlash toʼgʼrisida maʼruzasini tinglab, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qarori qabul qilindi.

 

Shundan soʼng, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʼliqni saqlash masalalari qoʼmitasi raisi Iminov Odiljon Karimovich tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasining mazmun mohiyati toʼgʼrisida fikr mulohazalari tinglanib, deputatlarga oʼzlari saylangan saylov okruglarida, korxona va tashkilotlarda keng muhokama qilish borasida tavsiyalar berib oʼtdi.