Surxondaryo viloyati hududiy trenerlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi
Surxondaryo viloyati hududiy trenerlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi
Bugun 30 noyabr kuni Termiz davlat universiteti Axborot Resurs markazi binosida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun hududiy seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan olib borilmoqda.