Shahar va tumanlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilishi holati muhokama qilindi
Shahar va tumanlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilishi holati muhokama qilindi
Bugun, 22 noyabrь kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimi oʼrinbosarlari, hokimlik apparati masʼul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, sektorlar, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda viloyat hokimi topshirigʼiga asosan ishchi guruh tomonidan Termiz shahar va tumanlar Markaziy dehqon bozorlarida yarmarkalarning tashkil etilishi hamda kuz-qish mavsumiga oziq-ovqat zahirasini shakllantirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʼrganish natijasi muhokama qilindi.
Mazkur yoʼnalishlarda shahar va tumanlarda mavjud muammolarni hal etish boʼyicha mutasaddilarga koʼrsatmalar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.