Mahalla – besh tashabbus beshigi respublika koʻrik-tanlovi
Mahalla – besh tashabbus beshigi respublika koʻrik-tanlovi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha Nizomga asosan Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan tanlov eʼlon qilinadi.
Koʻrik-tanlovda Respublikada faoliyat olib borayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirok etadi.
Mazkur tanlov quyidagi 3 ta bosqichda tashkil etiladi:
birinchi bosqich – tuman va shaharlar miqyosida;
ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida;
uchinchi bosqich – Respublika miqyosida ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida dekabr oyida o'tkaziladi.
Tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni xalq harakatiga aylantirish;
beshta muhim tashabbusning mahallalarda amaliyotga joriy etilishini yana-da jonlantirish va bu borada faollik koʻrsatayotgan mahallalarni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish;
rning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni mahallalarda tashkil etishga koʻmaklashish.
Koʻrik-tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanadi:
“Birinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”
“Ikkinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”
“Uchinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”
“Toʻrtinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”
“Beshinchi tashabbus boʻyicha eng faol mahalla”
Shuningdek, tanlov ishtirokchilari “Besh tashabbus boʻyicha eng namunali oila” nominatsiyasi boʻyicha ham taqdirlanadilar.
Tanlovda qatnashmoqchi boʻlganlar tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlari nomiga ariza beradilar.
Ishtirokchilar oʻz arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
• ishtirokchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot (mavjud boʻlsa pasporti)
• Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan beshta muhim tashabbus boʻyicha qabul qilingan tegishli hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
• beshta muhim tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, foto, albom va hokazolar);
• beshta muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, DVD formatida);
• ommaviy axborot vositalarida beshta muhim tashabbusga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radioda chiqishlarni asoslovchi hujjatlar;
• ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
Arizalar tegishli hududdagi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatlariga yuboriladi.
Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qoʻshimcha materiallar ham taqdim etishlari mumkin.
Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplom va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, hamkor tashkilotlar hamda homiylarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.