Piyoda yurish salomatlik tadbirlari sogā€˜lom turmush tarzini qaror toptirishda xizmat qilmoqda

Piyoda yurish salomatlik tadbirlari sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda xizmat qilmoqda

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, piyoda yurishning salomatlikka foydasini targ‘ib etish muhim o‘ringa ega.
Shundan kelib chiqqan holda Termiz shahar hokimligi, shahar “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi, shahar tibbiyot birlashmasi va shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi va bir qator tashkilot va muassasalar bilan birgalikda tizimli ravishda ommaviy salomatlik tadbirlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilishi aholining sog‘lom turmush tarziga qiziqishini oshirmoqda.
Shahrimizda har kuni erta tongdan dam olish va istirohat bog‘lari hamda piyodalar yo‘laklarida aholi vakillari piyoda yurish va badantarbiya mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda.