Termiz shahrida Davlat bayrogâi qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda
Termiz shahrida Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida tantanali marosimlar tashkil etildi.
Bugun erta tongda viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligida keng jamoatchilik vakillari markaziy ko‘chalar bo‘ylab Davlat bayrog‘ini baland tutib o‘tdilar. Shuningdek, velosportchilar ishtirokida bayrog‘imiz baland ko‘tarilgan bayram marshi tashkil etildi va yoshlar o‘rtasida piyoda yurish aksiyasi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda bayrog‘imizda milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, go‘zallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida ma’naviyatimizni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan soha xodimlariga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Termiziy allomalar merosi - boy ma’naviy xazinamizdir!" mavzusidagi maqolalar tanlovi g‘oliblariga diplomlar va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
San’atkorlar ijrosidagi Vatanni, mardlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar qalbiga xushkayfiyat ulashdi.