“YOShLАR VА АYOLLАR” DАFTАRIGА KIRITILGАN FUQАROLАR BILАN NАVBАTDАGI SАYYOR QАBUL BOʼLIB OʼTDI

“YOShLАR VА АYOLLАR” DАFTАRIGА KIRITILGАN FUQАROLАR BILАN NАVBАTDАGI SАYYOR QАBUL BOʼLIB OʼTDI

                         

Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda "Yoshlar daftari" va "Аyollar daftari"ni shakllantirish boʼyicha xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallalarda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan har bir xonadonga borilib, yoshlar va ayollarning muammolari belgilangan soʼrovnoma shakli toʼldirilib, sektor shtablarida umumlashtirilmoqda.

 

Bugun, 4 noyabr kuni Termiz shahar hokimi, 1-sektor rahbari Isroil Xudoyberdiev "Yoshlar daftari" va "Аyollar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan ular oʼrtaga tashlagan masalalarni hal etish choralari koʼrildi.

 

 

Sayyor qabulda, shahar hokimligining barcha mutaxassislari, ishchi guruhi aʼzolari, tashkilot rahbarlari bevosita ishtirok etishdi, ushbu qabulda fuqarolarni qiynab kelayotgan kommunal xizmati, yoʼl va ichimlik suvi, uy–joy, ishga joylashish va davolanish masalalari borasidagi murojaatlari atroflicha koʼrib chiqildi.

 

Sayyor qabulga kelgan 40 nafarga yaqin fuqaro Shahar hokimi tomonidan oʼzlarining hayotiy muammolariga yechim topdilar hamda tushuntirish va koʼrsatmalar oldilar.