Surxondaryoda "hokim yordamchisi" lavozimiga nomzodlar saralanmoqda
Surxondaryoda "hokim yordamchisi" lavozimiga nomzodlar saralanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturida aytilganidek, kelasi yil 1 yanvardan mamlakatimizdagi 9 ming 259 ta mahallada “hokim yordamchilari” ish boshlaydi.
Аyni vaqtda ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi mavjud 721 ta mahallaning salohiyati va muammolari oʼrganilib, ular uchun eng munosib nomzodlar saralanmoqda.
Bugun Qiziriq tumani hokimligida “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tumandagi 31 ta mahalla fuqarolar yigʼini boʼyicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha tashkil etilayotgan “hokim yordamchisi” lavozimi uchun nomzodlar suhbatdan oʼtkazildi.
Maʼlumot uchun, shu kungacha Termiz shahri, Termiz, Аngor, Sherobod, Jarqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Bandixon, Muzrabot, Qiziriq tuman hokimlari, hokim oʼrinbosarlari, mahalla raislari va tanlab olingan nomzodlar uchun amaliy seminarlar oʼtkazildi.