8-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni
1992-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Famoniga asosan Ittifoq qaramog‘idagi O‘zbekiston SSR prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilgan. (https://www.lex.uz/docs/147159)
2016-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-414-son Qonunga asosan 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.
Yurtimizda (https://lex.uz/docs/3080268) qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni olib boruvchi barcha jonkuyar, fidoyi prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli va sharafli vazifalarini amalga oshirishda kuch-quvvat hamda omad tilaymiz!
Qonunga sadoqat va adolatga intilish faoliyatingizda doimo yordamchi bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz huquq posbonlari!