XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATIDAN

Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahallasida xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Ruziyeva hamda D.Normuradova ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.