Termiz shahridagi "Iceberg" ko‘ngilochar maskanida “Prezident sovg’asi” topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari va 15 turdagi shirinliklardan iborat "Prezident sovg‘a"larini topshirdi.

Ma’lumot uchun, viloyatimizda 380 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 33 nafar Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga, 35 nafar ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan xodimlarning farzandlariga hamda 145 nafar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga "Prezident sovg‘a"lari topshirilmoqda.