“Prezident sovg‘asi” Surxondaryo viloyatiga yetib keldi
Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, bugungi kunga kelib Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 15 yoshgacha chin yetim(ota onasi vafot etganlar) shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 turdagi o‘quv qurollar va 15 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 630 dona Prezident sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.