PRESS-TUR O‘TKAZILDI.
Press-tur davomida tadbir ishtirokchilari quyidagi muhim ma'lumotlarga ega bo'lishdi: Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tasarrufida 390 dona transformator punktlari, 860,16 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli elektr tarmoqlari, 6 ta tarqatish punktlari (RP) va 8 dona 35-110 kVli podstansiyalar mavjud bo‘lib, ushbu elektr tarmoqlari va elektr qurilmalari orqali 43 026 ta aholi hamda 3 315 ta yuridik iste’molchilar elektr enregiyasi bilan ta’minlab kelinmoqda. Termiz shahar aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tom onidan elektr ta’minotini yaxshilash hamda kuzgi-qishgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 34 dona transformator punkti hamda 92.2 km elektr uzatish tarmog‘ini mukammal, shuningdek, 74 dona transformator punkti va 174.8 km elektr uzatish tarmog‘ini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 34 dona transformator punkti, 92.2 km elektr uzatish tarmog‘i mukammal, joriy ta’mirlash esa rejaga nisbatan 74 dona transformator punkti hamda 174.8 km elektr uzatish tarmog‘i ta’mirlandi. Termiz shahar elektr tarmoqlari korxonasi orqali 0,4-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2023 yil davomida amalga oshiriladigan ishlarning manzilli ro‘yxati rejalashtirilgan bo‘lib, reja bo‘yicha jami elektr uzatish tarmog‘i 7.8 km, shuningdek, 4 dona transformatorlar punktini rekonstruksiya qilish ishlar amalga oshirildi. Shahar elektr tarmoqlari korxonasida 4 ta avariya xizmati guruhlari va avariya xizmati uchun avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashi ta’minlanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan to'laqonli javob oldilar.