RASMIY MUNOSABAT
Da’vogar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi Surxondaryo viloyat
boshqarmasi Termiz shahar bo‘limi sudga da’vo arizasi bilan murojaat etib, o‘z da’vo arizasidan Termiz shahar Ma’rifat mahallasida
istiqomat qiluvchi fuqaro Bobomurodova Munisa Djunaytullayevna tomonidan Termiz shahar Ma’rifat mahallasi hudududidagi Termiz shahar hokimligi zaxira yer maydonidan 0,00075 gektar yer maydoninin
o‘zboshimchalik bilan egallab olib 7,5 kv.metr o‘lchamda hojatxona qurganligi, ushbu xolat tegishli vakolatli organlar tomonidan
aniqlanib ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jazo sifatida jarima qo‘llanilganligi,
ushbu xolatlarni inobatga olib javobgar tomonidan o‘zboshimchalik bilan Termiz shahar Ma’rifat mahallasi hududidagi 7,5 kv.metr yer maydonida qurilgan qurilmani majburiy tartibda buzdirib, yer
maydonini shahar hokimligi zaxira yer fondiga qaytarishni so‘radi. Shuningdek, qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.