Markaziy isitish qozonxonalar faoliyatini ko'zdan kechirish
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bir kun muddatda bartaraf etish topshirig‘ini bergan viloyat rahbari mahalla hududidagi 15-sonli bog‘chaning isitilishini ham ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng, piyodalar yo‘lagi bo‘ylab "Alpomish" mahallasiga borildi. Yo‘lak piyodalar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya qilingan. Biroq, ayrim qismlari qazilib, ta'mirlanmagan, natijada loy yig‘ilib piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Viloyat rahbari holatga e'tibor qaratmagan mutasaddilar faoliyatini tanqid qilib, bir kun muddatda kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi.
Shuningdek, "Alpomish" mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari va profilaktika inspektorining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha joriy yil 10-noyabrdan boshlangan "Dolzarb 50 kunlik" doirasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.