21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. Ushbu kun munosabati bilan Termiz shahar 18-umumta'lim maktabi jamoasi tomonidan"Ulugʼ tilim, abad haq tilim!" shiori ostida tadbir kechasi o'tkazildi. Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r, ruboiy va g‘azallar aytildi. Qo'shiqlar kuylanib, raqslar ijro etildi. Shuningdek, ajoyib sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.