BRIFING
Yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ijrosi
Bog‘cha qamrovi
Termiz shaharda jami 187 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy quvvati 14098 nafarni tashkil etadi.
2024-yil xisobidan 80 o‘rinli 1 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha talim tashkiloti “Termiz temir baraka”, 1 ta xususiy nodavlat maktabgacha talim tashkiloti “Parvozga shay bolalar 3” 90 o‘rinli foydalanishga topshirildi.
Shuningdek 28 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar tashshabusi bilan 650 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
Shahardagi 32 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qamrovi 7 ming 468 nafarni tashkil etib, hozirgi vaqtda ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2 tasi (19-sonli DMTT) Maxalliy budjet mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda (5-sonli DMTT) 2023 yil yanvar oyida binoda cho‘kish xosil bo‘lganligi sababli fevraldagi buyruq asosida faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Jami shaharda yil boshi hisobidan 891 nafar tarbiyalanuvchilar yangi ochilgan mttlarga qamrab olindi.
Shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 17 ming 413 nafar bolalardan
14 ming 354 nafari barcha turdagi 188 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bo‘lib, bolalarga nisbatan qamrov darajasi 82,4 % tashkil etmoqda.
2024 yil yakuni qadar shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar 17 ming 413 nafarni tashkil etmoqda, qo‘shimcha ravishda 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhi jami 30 nafar tarbiyalanuvchi, 28-maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhi jami 30 nafar tarbiyalanuvchi, 26-maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhi jami 30 nafar tarbiyalanuvchi, 26-maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta majbo‘riy bir yillik tayyorlov guruhi jami 30 nafar tarbiyalanuvchi,10-maktabgacha ta’lim tashkilotida 2 ta majbo‘riy bir yillik tayyorlov guruhi jami 60 nafar tarbiyalanuvchi, 30-maktabgacha ta’lim tashkilotida 2 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhi jami 60 nafar tarbiyalanuvchi 16-maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta qisqa muddatli, 24- maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 ta qisqa muddatli qo‘shimcha guruhlarni ochilishi munosabati bilan 2024 yil yakuni qadar shahardagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar 17 ming 413 nafarni tashkil etmoqda, qo‘shimcha ravishda majburiy bir yilik tayyorlov guruhlari tashkil yetish natijasida qo‘shimcha 300 nafar bolalarni qamrab olish, natijada qamrov ko‘rsatkichini 14 ming 654 nafar (84,1 %)ga yetkazish maqsad qilingan.
Maktablarda zamonaviy sharoitlar yaratilishi
Bugungi kunda Termiz shahridagi umumta’lim maktablari ta’mirlanishga muhtoj emas.
CHYOT xonalarida sharoitlarini yaxshilash
Termiz shahridagi 12 ta (3-, 4-, 6-, 7-, 8-, 9-, 11-, 12-, 13-, 15-17-, 23-sonli) umumta’lim maktablardagi YOCHT xonalarini jixozlash bo‘yicha qiymati 67 mln. so‘mdan bo‘lgan 16 turdagi qurol yaroq abob uskuna va jihozlar yetkazib berilgan bo‘lib, amalda ushbu jixozlardan CHQBT darslarida o‘quvchilarga tanishtirilmoqda.
Maktablarda o‘qituvchilarning kasb va malaka mahoratlarini oshirish
26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilida 2384 nafar o‘qituvchilarning malaka toifalariga ko‘ra 260 nafari oliy toifa (10.9 %), 638 nafari birinchi toifa (26.8 %), 713 nafari ikkinchi toifa (29.9%), 551 nafari mutaxassis (22.4%) toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faoliyat yuritgan.
87 nafari tugallanmagan oliy, 135 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar.
2024-2025 o‘quv yilida 2414 nafar o‘qituvchilarning malaka toifalariga ko‘ra 282 nafari oliy toifa (11.6 %), ya’ni 1,0 foizga o‘sgan, 738 nafari birinchi toifa (30.5 %), ya’ni 4,0 foizga o‘sgan, 813 nafari ikkinchi toifa (37.8%), ya’ni 16,2 foizga o‘sgan 470 nafari mutaxassis (19,4%) toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, 111 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy tillarda dars beruvchi o‘qituvchilarning xalqaro va milliy sertifikatlarni olish tahliliga ko‘ra, jami xorijiy til o‘qituvchilarining 95,0 foizi malaka sertifikatlarini olgan.
26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 324 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari shulardan 291 nafari ayollar, 8 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari shulardan 5 nafari ayollar faoliyat olib bormoqda.
324 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilarining 40 nafari oliy toifali, 76 nafari 1-toifali, 106 nafari 2-toifali, 102 nafari mutaxassis o‘qituvchilardir.
8 nafar nemis tili fani o‘qituvchilarining 1 nafari oliy toifali, 2 nafari 1-toifali, 5 nafari mutaxassis o‘qituvchilardir.
Termiz shahridagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 2414 nafar o‘qituvchilarning barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha 368 nafari ya’ni 15,4 foizi Xalqaro yoki milliy sertifikatlarga ega.
Shundan, 2024-2025 o‘quv yilida xorijiy va milliy sertifikatlarga ega 308 nafar o‘qituvchilarga ustama ish haqi to‘lanmoqda.
Xalqaro va milliy sertifikatlarni ingliz va nemis, rus tili fani o‘qituvchilariga nisbatan, ya’ni 324 nafar o‘qituvchilarning 308 nafarida Xalqaro va milliy sertifikatlari mavjud, 95,0 foizni tashkil etadi.
Otalar yig‘ilishini o‘tkazilishi
Joriy yilning 30-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "1-oktyabr -O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan ta’lim sohasi vakillari bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Davlat rahbari ochiq muloqot davomida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim-tarbiya ishini uzviy holda olib borish borasidagi dolzarb vazifalarni belgilab bergan holda yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi. Shunga asosan Termiz shahridagi 26 ta umumta’lim maktablarining barchasida 2024-yil 12-oktabr kuni “Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida “Otalar yig‘ilishlari” o‘tkazildi. Ushbu ota-onalar yig‘ilishida jami 12743 nafar ota-onalar qatnashdi.
Maktablarda 2 til va 1 ta kasbga o‘rgatish ishlari
2024-2025 o‘quv yilida 1 ta maktab 26-sonli umumta’lim maktabida kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maktabda o‘quvchilarni duradgorlik va tikuvchilik kasbini o‘rganishlari uchun (duradgorlik) kasbi uchun 1000000 (bir milion so‘m) so‘m, (tikuvchilik) kasbi uchun 1000000 (bir milion so‘m) so‘m xomashyolar uchun mul mablag‘i ajratildi.
Kasbiy ta’lim ustalari tomonidan o‘quvchilarga kasbga o‘rgatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Maktabda ingliz tiliga qo‘shimcha 2-til sifatida nemis tili o‘rgatilmoqda.
Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtirish
Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tajriba-sinov tariqasida 2023-2024 o‘quv yilida shahardagi jami 3 ta (9-,13-,23-sonli maktablar) umumiy o‘rta ta’lim maktablari yangi baholash tizimi bo‘yicha faoliyat olib bordi.
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 275-sonli buyrug‘i asosan Termiz shahrida 6 ta (11-,14-,16-,20-,24-,25-sonli maktablar) umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilarining bilimlarini baholashda yangi tartibini joriy etildi.
Termiz shahrida 26 ta umumta’lim maktablaridan 9 ta maktablarda (9-,11-,13-,14-,16-,20-,23-,24-,25-sonli maktablar) yangi baholash tizimi bo‘yicha yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.
23-sonli (direktor Xolboyeva Gulinor Kenjayevna) maktabda 1 ta informatika fani xonasi bo‘lib, 15 komplekt kompyuterlar bilan jihozlangan, 1 ta elektron doska bilan ta’minlangan, yangi baholash tizimi to‘liq elekron tartibda yuritiladi, BSB har hafta bir marta, CHSB har chorakda bir marta 5-11 sinf o‘quvchilarining fanlar kesimida yangi baholash tizimi bo‘yicha nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.
24-sonli (direktor Tashmuradov Solijon Raxmatovich) maktabda 2 ta informatika fani xonasi bo‘lib, 32 komplekt kompyuterlar bilan jihozlangan, 1 ta elektron doska bilan ta’minlangan, yangi baholash tizimida fan o‘qituvchilarnini ishlashi uchun o‘qituvchilar xonasida 1 dona kompyuterlar o‘rnatilgan, yangi baholash tizimi to‘liq elekron tartibda yuritiladi, BSB har hafta bir marta, CHSB har chorakda bir marta 5-11 sinf o‘quvchilarining fanlar kesimida yangi baholashtizimi bo‘yicha nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.
25-sonli (direktor Sadikov Rustam Madaminovich) maktabda 1 ta informatika fani xonasi bo‘lib, 21 komplekt kompyuterlar bilan jihozlangan, yangi baholash tizimida fan o‘qituvchilarnini ishlashi uchun o‘qituvchilar xonasida 8 dona kompyuterlar o‘rnatilgan, 3 ta elektron doska bilan ta’minlangan, yangi baholash tizimi to‘liq elekron tartibda yuritiladi, BSB har hafta bir marta, CHSB har chorakda bir marta 5-11 sinf o‘quvchilarining fanlar kesimida yangi baholashtizimi bo‘yicha nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.
Bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrovi
Joriy yilda maktablarni 2628 nafar o‘quvchilar bitirgan bo‘lib, shundan, 41.9 foizi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga 651 nafar 25 foiz, 411 nafar nodavlat oily ta’lim muassasalarga 15.6 foiz, 39 nafar chet el oliy ta’lim muassalarga 1.5 foizni tashkil etadi.
Termiz shahridagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barchasidan bitiruvchilar OTMga kirgan.
Bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar mavjud emas.
Jadval ilova qilinadi.
Yoshlar Ay-Ti sohasiga jalb etish
Termiz shahrida 26 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritib, yoshlarni Ay-Ti sohasida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘qitish rejasi 133,2 foizga bajarilgan.
Reja bo‘yicha 2633 nafar o‘quvchilar sertifikat olishi rejalashtirilgan bo‘lib, 3507 nafar o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tib sertifikat olgan.